muhtoj
bilan ulashing
1. Biror narsaga ehtiyoji, zarurati boʻlgan; zarurat, talab sezuvchi.
-
[Otabek] Otda kelgan boʻlsa ham, kunning issiqligidan bir piyola choyga muhtoj edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qizim, sening yordamingga muhtojman. Ha, umidim katta. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Jinoyatni pulga muhtoj odam emas, pulni qayerga qoʻyishni bilmagan odam qiladi. Gazetadan.
2. Bechorahol, qashshoq, hojatmand.
-
Zolim boylar mazax qilib kulardi. Rahmi kelmay muhtojlarning yoshiga. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Biz oʻsha vaqtda muhtoj boʻlgan beva-bechoralarni yigʻib, osh berish maqsadida bir bostirma soldik. A.Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
MUHTOJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУҲТОЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muhtoj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar