dor
bilan ulashing
1. Ustiga kiyim-kechak, mol tashlab qoʻyish uchun ikki ustun (qoziq) orasiga koʻndalang oʻrnatilgan xodacha yoki tortilgan arqon (ip).
-
Yoshgina bir juvon dorga kir yoyadi. S. Ahmad, Ufq
-
Devorga qoqilgan qoziq va mixlarda bolalarning kamzul, koʻylagi, dorda paranji va ayol mursagi osigʻliq edi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Oʻlimga mahkum etilgan kishini osib oʻldirish uchun yasalgan maxsus qurilma.
-
Dorga osmoq (yoki tortmoq). Bevafo yor — joningga dor. Maqol
-
Esingizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bagʻishlaganingiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Nohaqlik, adolatsizlik ramzi.
-
[Navoiy:] Zamon donoga dor, johil uchun yor. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
4. Tik oʻrnatilgan ikkita yogʻoch va unga bogʻlab tarang tortilgan arqon va chigʻiriqlardan iborat, dorbozlik oʻyinlari, mashqlari bajariladigan qurilma.
-
Dorboz dordan oʻlar, morboz — mordan. Maqol
-
Bu yerda dor, kurash, qoʻgʻirchoq oʻyinidan tashqari tuya urishtirish, xalq oʻyinlarining barcha turlari ijro etilmoqda. J. Sharipov, Xorazm
5. koʻchma Yuksak maqsad, mansab; orzu-istak.
-
Osilsang, baland dorga osil, Oyogʻing yerga tegmasin. Maqol
-
Siz oʻz ustangizning qiziga yetolmagan boʻlsangiz, bu men osilgan dor judayam baland-ku; bu yogʻi qandoq boʻlarkin, aka? K. Yashin, Hamza
-
Bilib turib baland dorga osildik, ayb oʻzimizda. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
dor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dor tagidan (yoki dordan) qochgan
-
Yana aytmang: biri muttaham, biri oʻgʻri, biri dordan qochgan! Uygʻun, Asarlar
DOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar