keyingi
bilan ulashing
1. Ketma-ketlikda oldingidan keyin turuvchi, navbatdagi.
-
Oldingi arava qay yoʻldan yursa, keyingi arava ham shu yoʻldan yurar. Maqol
-
Raʼno keyingi misrani oʻqib, oʻylanib qoldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
U [Yoʻlchi] koʻzlagan joyiga tezroq yetishga oshiqib, oʻtkinchilardan soʻrar edi: — Toʻpqayragʻochga yaqin qoldimi? — Hali bor. Koʻprikdan keyingi guzar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ket tomondagi, orqadagi.
-
Aravaning keyingi gʻildiragi. Otning keyingi oyoqlari.
-
Shoh [pashsha] keyingi oyoqlari bilan qanotining ustini siladi. A. Qahhor, Bashorat
3. Oxirgi, soʻnggi.
-
Gʻulomjon keyingi vaqtlarda tanholikka mayl bogʻlab, mullavachchalar suhbatidan oʻzini tortadigan boʻlib qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Keyingi yangi modellar ichida yoshlarning sport kostyumi boʻlib, bunga besh qirrali faxrli belgi berildi. Gazetadan
4. Yaqinda paydo boʻlgan, yangi.
-
Toshkentlik mashhur bir boyning xasisligi haqida keyingi, hali hech kimning qulogʻiga chalinmagan latifalar suhbatga rang berib turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
keyingi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Itning keyingi oyogʻi
-
Biror hunar-punar oʻrgansin. Yoʻqsa, oʻzingga oʻxshab, itning keyingi oyogʻi boʻlib qoladi. E. Raimov, Ajab qishloq
KEYINGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЙИНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
keyingi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar