keyin
bilan ulashing
1. ravish Shu yoki oʻsha tobda emas, maʼlum vaqt oʻtgach; soʻng.
-
Shu kitobni keyinroq oʻqiyman.
-
Boyvachchaning kimligini keyin aytaman. K. Yashin, Hamza
-
Xoʻp, hozir taqmasang, choʻntakka sol, uyingga yashir, keyin taqasan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qaltis yiqilib, biron joyi mayib boʻlgan kishi buning ogʻrigʻini oʻsha tobda emas, keyin bilgandek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini shu kechasi koʻrpaga kirganidan keyin biladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Avvalgisining ketidan; soʻng, soʻngra.
-
Madaminxoʻja dasturxon soldi, non ushatdi, keyin kattakon bir gurskettini keltirib, pichoq tortgan edi, qovun qars etib yorildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Charos yana yigʻlab yubordi. Keyin koʻz oʻngi qorongʻilashib, hech nima koʻrinmay qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. aynan (egalik va kelishik shakllari bilan: keyiniga, keyinida) orqa (orqasiga, orqasida), ket (ketiga, ketida).
-
Dushman yurar mard oʻgʻlonning keyinidan. Oysuluv
-
Tuya, odati boʻyicha, quduqdan chekkaga qarab yurdi, keyinidan jun arqon tortilib borardi. K. Yashin, Hamza
-
Aqliraso bolalarim biladi: Oʻqimagan nari, keyinda qolar. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli
4. krsh. s. Bundan tashqari, shuning bilan birga, shuningdek; yana.
-
Agar [qovun] yaxshi boʻlsa, xalq yeb, sizni duo qiladi, men oʻzim yemayman. Keyin, kim biladi, bir palakdan har xil qovun yetishadi Uch soʻlkavoy beraman, xoʻp deng. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻm. vzf. (ch. k. bilan) Soʻng, ketidan, tugagach, oʻtgach.
-
Hammadan keyin. Ishdan keyin. Ovqatdan keyin. Kun botgandan keyin.
-
Hammaga zehn solib oʻtirgan Safarov Boʻtaboy akadan keyin oʻshanga [Roʻzimatga] soʻz berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan, koʻzi suzildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. bogʻl. vzf. (ch. k. bilan) Sabab yoki payt ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi va sabab, payt munosabatini bildiradi.
-
Qoʻl kalta boʻlgandan keyin, qayoqqa uzatasan? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yorugʻ dunyodan umiding boʻlmagandan keyin, darchang qiyshiq turdi nima boʻldi-yu, toʻgʻri turdi nima boʻldi. Bunaqa narsalar orzu-havasga bogʻliq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chirshugari
-
Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
KEYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
keyin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar