tasdiq
bilan ulashing
1. Biror narsaning haqligi, toʻgʻriligi yoki maʼqulligini tan oluvchi soʻz, imo-ishora kabilar; maʼqullash, toʻgʻri deb bilish.
-
Akbarov unga tasdiq maʼnosida bosh irgʻab, Mahkamga gapirishda davom etdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Usta Olim tasdiq ishorasini berib: — Soʻzlay beringiz! — dedi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bolalardan tasdiq javobini olgach, poʻpisa qildi S. Karomatov, Oltin qum
2. Toʻgʻri, haqiqat ekanlikni qayd etuvchi narsa, fakt; isbot.
-
Xalq demokratiyasi mamlakatlari bilan doʻstlik, hamkorlik mustahkamlanganligi baynalmilalchilik gʻoyalarining amaliy tasdigʻidir. Gazetadan
3. Maʼqullanganlik haqidagi rasmiy qayd, qaror.
-
Loyihani tasdiqdan oʻtkazmoq.
-
Mana bu — boʻlimning butun tasdiqlardan oʻtgan tematik plani. S. Karomatov, Oltin qum
4. Inkorga zid mazmunli.
-
Tasdiq gap.
-
Kesimi inkor shaklida boʻlib, tarkibida qandoq, nima, ozmuncha soʻzlari ishtirok etgan gaplar tasdiq fikrni ifodalaydi. OʻTA
tasdiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tasdiq qilmoq (yoki etmoq)
-
Hakimboyvachcha iljayib qarab, uning soʻzini bosh qimirlatish bilan tasdiq qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
bizga faqat ishning oʻnaqayini topib, xondan tasdiq ettirishgina qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TASDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasdiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar