taʼsir
bilan ulashing
1. Tashqi omillarning kishi yoki narsa holatini oʻzgar-tirish, qoʻzgʻash xususiyati va uning natijasi.
-
Taʼsir va aks taʼsir. Oʻzaro taʼsir. Dorining taʼsiri. Issiqlikning taʼsiri. Oʻqituvchining bolalarga taʼsiri. Taʼsir kuchi. Ijobiy taʼsir koʻrsatmoq.
-
Soʻnggi kunlarda Navoiydan kelgan xatning taʼsirida /organ Bobur Hirotdan gap ochdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Kuni boʻyi bir stakan aroq yoki vinoning taʼsirida yuradi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Yerda tunov kuni yoqqan yomgʻirning taʼsiri bor. Jangchilarning yurishini ogʻirlashtiradi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Obroʻ, nufuz, eʼtibor.
-
Buxoro jadidlari orasida usmonli turklarning va tatar boyvachchalarining taʼsiri katta edi. S. Ayniy, Doxunda
taʼsir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼsir qilmoq (yoki etmoq)
-
Boʻlib oʻtgan gap Tolib akaga yomon taʼsir qildi. F. Musajonov, Himmat
-
Meni afsun bilan ham rom qilib boʻlmaydi, menga zahar ham taʼsir qilmaydi, gap ham! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sanobar oʻz soʻzlarining Alijonga qanday taʼsir etganligini bilish uchun uning yuziga sinchkov nazar tashladi. M. Xayrullayev, Koʻngil
TAʼSIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪСИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼsir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar