tasavvur
bilan ulashing
1. Narsa, hodisa va shu kabilar haqida kishi ongi-xayolidagi maʼlumot, bilim, tushuncha.
-
Lekin tasavvurim, bari bir, yuzaki edi. Yoshlik
-
Leytenant, Sultonovning batafsil hikoyasini eshitib, aniq tasavvurga kelgan boʻlsa ham, oʻsha joyni oʻz koʻzi bilan koʻrishi kerak edi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Toʻgʻri, koʻrmay turib yozilgan asarlar adabiyotimizda koʻp. Buning uchun avval bilim, mahorat, oʻtkir tasavvur kerak. N. Fozilov, Diydor
-
Haligacha biz — studentlar klassik adabiyot namoyandalaridan birontasining hayoti va ijodi haqida mukammal tasavvurga ega emasmiz. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Shunday maʼlumot, tushuncha, bilim shakllanishining manbai sifatidagi ong, xayol.
-
Kecha yigʻlab, koʻksiga bosh qoʻygan Charos yana tasavvurida jonlandi-yu, lablarini qisib stul suyanchigʻiga yelkasini tashladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Fotoapparat bir lahzada kishi tasvirini qanday saqlab qolsa, uning tasavvuri ham qizning oʻsha qiyofasini shunday eslab qolgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Eski yilning gʻoyat katta xizmatlarini bir-bir tasavvurdan oʻtkazishga odatlanganmiz. Gazetadan
3. fls. psxl. Idrok qilingan, his etilgan narsa yoki hodisaning kishi ongida aks etishi, gavdalanishi.
-
Tasavvur jarayoni.
tasavvur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tasavvur qilmoq (yoki etmoq)
-
[Yodgorni] Qorga yiqilib yotgancha, boshini koʻtarib turgan alamli chehrasini tasavvur qiladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Hamon sogʻinch oʻrtaydi. Zumradni harir koʻylakda bagʻrida toʻlgʻanib turgan holida tasavvur qiladi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Mahkam Gavhar bilan uchrashishini tasavvur etganda, sovqotib, gulxanni koʻz oldiga keltirgan kishiday, yuragi bir orziqdi. P. Qodirov, Uch ildiz;
-
Zamira ham hali muhabbat nimaligini yaxshi tasavvur etmasdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Nahotki boshqarma besh yil, uch yil, boringki, ikki yildan keyin bajaradigan zarur ishlarni tasavvur qilolmasa?! Oʻzbekiston qoʻriqlari
TASAVVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСАВВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasavvur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar