qalam
bilan ulashing
1. Oʻrtasiga ingichka, uzun grafit joylangan choʻp shaklidagi, xat yozish, rasm solish, chizma chizish uchun ishlatiladigan yozuv, chizuv asbobi.
-
Qora qalam. Rangli qalamlar.
-
Chernetsov koʻk va qizil qalamlar bilan bezab tashlangan xaritaga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Perosi oʻzidan chiqarilgan ruchka.
-
Savagich qalam.
-
Keyin bir parcha qogʻoz olib, qamish qalamni qitirlatib yoza boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu ikkisi qogʻozga mixlangandek gap-soʻzsiz qalamni qirr-qirr qogʻoz ustida yuritib turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Umuman, yozish, ijod qilish quroli.
-
U qoʻlimga tutqazib qalam, Koʻzlarimdan oldi uyquni. E. Vohidov.
-
Usmon Nosir oʻtgan yoʻllarida chaman ungan, qalami Pushkin, Lermontovlarni oʻzbek tilida gapirtirgan. Gazetadan
4. koʻchma Yozma asar ijod etish; yozma ijod, ijod.
-
Yaxshi yigit, sizning qalam kuchingiz juda ham zoʻr ekan-ku. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Uning qalamiga mansub sheʼriy asarlar taʼsirchanligi bilan kishini oʻziga maftun etadi. Gazetadan
5. Qoshni qora qilish uchun surtiladigan qora modda va uni qoshga surtish uchun ishlatiladigan choʻpsimon asbob.
-
Seni haramda yaxshilab yasantiraman, qoshlaringga qalam, koʻzlaringga surma tortaman. Mirmuhsin, Choʻri
6. maxs. Tosh, taxta kabi qattiq jismlarni oʻyish, kesish va gul solish uchun ishlatiladigan metall asbob.
-
Haykaltarosh qalami.
7. sheva Tilim, tilik.
-
Bir qalam goʻsht.
qalam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moʻy qalam yoki qalami moʻy
Tosh qalam
Poʻlat qalam
Qalam uchi (yoki haqi)
-
Duo qilib, qalam uchisiga boʻzni uzatdim — olmaydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bir oy oʻtgach, gazetada bosilgan ilk hikoyasiga qalam haqi keldi. Yoshlik
Qalam yurgizmoq (yoki tebratmoq, surmoq)
-
Ularning zehni oʻtkirroqlari hozir bemalol xat taniydigan, qalam yurgizadigan boʻlib qolishdi. H. Gʻulom, Mashʼat
-
U sheʼrning turli navlarida qalam yuritadi. Oybek, Navoiy
-
Maʼruf Nazarov., qoʻshiqchilik sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
Qalami oʻtkir
-
Fazliddin esa, qalami oʻtkir jurnalist edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Ahmadning boʻlimga koʻp foydasi tegishi mumkin, qobiliyatli bola, qalami oʻtkir. F. Musajonov, Himmat
Qalamga olmoq
-
Bu kun men shu Oʻtgan kunlarni qalamga olganimda ham, oʻsha oʻzimni zeriktirgan faslni tashlab ketishga majburman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
vafodorlikni ulugʻlab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik. Gazetadan
Qudrat qalami
-
Har banda qudrat qalami bilan yozilganni koʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qalam qosh
-
Toʻgʻri, qalam qoshga oʻsma qoʻyilsa buzarmish. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Koʻp yigit ayrildi qalam qoshidan. Gʻayratiy
Qoshi qalam
-
Birdan qoshi qalamim Paydo boʻldi nihoyat. Yo, Mirzo
QALAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar