qalamcha
bilan ulashing
1. Kichkina qalam; qoldiq qalam.
-
[Petrov] Yoʻlchini savodli qilishga astoydil urindi. Qoʻlga bazoʻr ilinadigan kichkina qalam bilan (u bu qalamchani yer-koʻkka ishonmas edi) maxorka qogʻozlariga yozib, Yoʻlchiga ruscha harflarni tanitdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. q. x. Payvandlash yoki koʻkartirib koʻchat qilish uchun kesib olingan novdacha.
-
Anor, uzum, tol, terak, atirgul kabilarni qalamchadan koʻpaytirish mumkin.
-
Olimlarimizning bergan maʼlumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha qilib koʻpaytiriladi. Gazetadan
QALAMCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛАМЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QALAMCHA so‘ziga berilgan ma’nolar
qalamcha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qalamcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing