qalay
bilan ulashing
1. soʻr. olm. s. t. Qanday?, qanaqa?
-
Bola qalay ekan? Oyoq-qoʻli chaqqonmi? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu yerda hayron boʻlib turgandan koʻra guzarga borsang, qalay boʻlarkin? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Soʻroq gap oldidan kirish soʻz vazifasida ishlatiladi.
-
Qalay, nonvoylikdan bir nima ortadimi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qalay, mulla, bizning yoqlar sizga maʼqul boʻldimi? P. Tursun Oʻqituvchi
qalay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qalaysan yoki qalaysiz?
-
Endi qalaysan, qoʻlga tushding-ku.
1. Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element; bolgʻalaganda tez yassilanadigan, yumshoq, kumushsimon oq rangli metall.
-
Sof qalay. Qalay qotishmasi.
2. Idishlarning betini qoplash, oqartirish uchun yugurtirilgan shunday metall qatlami.
-
Qalayi koʻchgan idish.
QALAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QALAY so‘ziga berilgan ma’nolar
qalay so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qalay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar