buyuk
bilan ulashing
1. Hajm-oʻlchovi odatdagidan ortiq, katta; ulkan.
-
Buyuk togʻ. Buyuk davlat. Buyuk bino.
-
Zargarov atrofidagi buyuk sahroni, shu sahrodek cheksiz sukunatni sezar, oʻzining behalovat ruhi shu boʻshliqlarni bus-butun toʻldirib turgandek tuyulardi. A. Muxtor, Asarlar
-
Fargʻona kanali oʻz koʻlami bilan buyuk atalmish oʻsha kanallardan oʻn baravar buyukdir. S. Ahmad, Ufq
-
Falakka boʻy choʻzgan allaqanday buyuk qasr roʻparadan namoyon boʻlib, Meʼmorning xayolini olib qochdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ahmad oʻzini buyuk koinot qarshisida zarraning milliarddan bir zarrachasidek his etdi. F. Musajonov, Himmat
2. Ulugʻvor, yuksak, tengsiz, mislsiz.
-
Buyuk, yetuk odamlar nihoyatda kamtar, kam-suxan, dilbar-u mehribon boʻlishini bu dono qiz yaxshi bilardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Buyuk voqealar oldida vaqt oʻz hukmini oʻtkaza olmaydi. Saodat
-
Insoniyat oʻz kamoloti jarayonida qoʻlga kiritgan buyuk kashfiyoti — tildir. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasi
-
Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bilan dehqon etagiga toʻkayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiqqan qush yuragiday yayray boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Aziz, moʻtabar, muqaddas.
-
Dunyoda hech soʻz bormi Ona soʻzidan buyuk. H. Olimjon
-
Biz birinchi navbatda avlodlarning buyuk xotirasi oldida qarzdormiz. Gazetadan
4. Buyuk (erkaklar ismi).
BUYUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЮК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buyuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar