buyur
bilan ulashing
1. Istak-talabni bajarishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.
-
Ish buyurmoq. Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur. Maqol
-
Ishyoqmasga ish buyursang, Senga aql oʻrgatar. Maqol
-
Uning nozikligi, koʻhlikligi hurmati ayab, yengil-yelpi ishlarni buyurardi. S. Ahmad, Ufq
-
Men hazrati oliylari buyurgan Madrasa tarhini chizish bilan bandmen. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Hokim yasovulni chaqirib, yoʻlga hozirlanishni buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻlimga buyurdingiz, bizning nima gunohimiz bor ekan? Luqmoni Hakim
2. Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyurtirmoq.
-
Palto buyurmoq.
-
Muhiddin toleiga ofitsiant ham tez kela qoldi. Choy va ovqat buyurdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Kelin poshshaga tilla uzuk buyurdingizmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tuflini darhol gilamga qoʻyib, kiyib koʻrdi: — Oʻzimga buyurtirilganday! H. Gʻulom, Toshkentliklar
3. Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan).
-
Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yarmini oling, lekin bolani tinch qoʻying. Bermayman, ovora boʻlmang! — Nega? Bolani onaga buyuradi-ku! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. tibbiy Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (dori-darmon, parhez va shu kabilar haqida).
-
Parhez buyurmoq.
-
Faqir bu sabilga ogʻushtabiz, bavajh dafʼi savdoyi tabib buyurgan. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Menmi? Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Lekin doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Biror ish, topshiriq bilan biror joyga yubormoq, joʻnatmoq.
-
Xushroʻy xizmat-chini oʻchoq boshi yumushlariga buyurib, choyni oʻzi qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xizmat desa juda abjir boʻlaman, Nima buyursangiz, ishlab kelaman. Murodxon
6. Taqdir qilmoq; xohlamoq, istamoq.
-
Tangrining buyurgani shu ekan. Lekin, Meʼmor, siz yaxshi odamsiz, dilimga yoqasiz. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Oʻgʻlim, koʻngil buyurgan ishdan zaruri boʻlmaydi, — dedi rais Toshpoʻlatovga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
buyur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Buyuring yoki buyursinlar
-
Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! — Buyuringiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu ishlarni menga buyuring, bekam! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Juman pismiqqa murojaat qildi: — Buyuringiz, afandim! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.;
-
[Volkov:] Afandilar, stolga buyursinlar! N. Safarov, Tanlangan asarlar
Aybga buyurmoq
-
Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sangtarosh boʻlib qolmasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor
Tashrif buyurmoq
-
Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning ustaxonasiga tashrif buyurdi. Yoshlik
Nasib boʻlmoq, nasib qilmoq.
-
Uyalgan buyurgandan quruq qolar. Maqol
-
Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol
-
Qoʻsha qaringlar. Oʻgʻillaringga ham shunaqa sarpolar buyursin. T. Malik, Ajab dunyo
-
Oʻsha kuni Matpanoga oʻz toʻyi buyurmadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Xoʻpam yarashdiki, qullugʻ boʻlsin, buyursin. Guldasta
BUYUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЮР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buyur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar