buyurtma
bilan ulashing
1. ot Bir narsa yasab, tayyorlab, ishlab berish haqidagi topshiriq, talab.
-
Buyurtma bermoq. Buyurtmalar qabul qilmoq.
-
Toshkentda katta konsert zalining foyesini bezashdek katta buyurtma ham unga topshirildi. Yoshlik
-
Koʻzoynakka buyurtma berar ekansiz, mos keladigan gardish tanlash kerak. Gazetadan
-
Ofitsiantka buyurtma olgani keldi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. sifatdosh Topshiriq asosida tayyorlanadigan; buyurtirilgan.
-
Buyurtma etik,
-
Qunduzning onasi azondan turib, nari-beri hovlilarini supurib, buyurtma toʻppilarni tikishga oʻtiradi. Oydin, Bechora
-
Asadov haftada uch kun tikuvchilik artelida ishlasa, toʻrt kun uyida buyurtma tufli tikadi. Gazetadan
BUYURTMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЮРТМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buyurtma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar