ko‘ylak
bilan ulashing
Yoz (issiq) vaqtlarida ustdan kiyiladigan, yalangqavat, yoqa va yengli, erkaklarniki beldan pastroqqacha, ayollarniki esa etagi uzun boʻladigan kiyim (sovuq vaqtlarda jemper, kostyum kabilarning ostidan kiyiladi).
-
Chit koʻylak. Shoyi koʻylak. Atlas koʻylak. Erkaklar koʻylagi.
-
Sherali koʻylagini shimining ichiga tiqib, kamarini tortayotganda deraza oynasini chertib, uni shoshiltirardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Koʻylak yengi tirsakka qadar shimarilgan; tiqmachoqday bilaklarida ilon boshli bilaguzuklar yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻylagining etaklari tong shud-ringidan hoʻl boʻlib ketganiga, yengining uchlari koʻkarib qolayotganiga qaramay, chaqqon ishga kirishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
ko‘ylak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir koʻylakni ortiq (yoki koʻproq) yirtgan
-
Isroildan soʻraymikin? U, urush koʻrgan, mendan koʻra koʻproq koʻylak yirtgan I. Rahim, Chin muhabbat
-
Endi jir bitdi-da! Bitta koʻylak ikkita boʻldi! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Koʻylagiga sigʻmay ketdi
KO‘YLAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЙЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘ylak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar