ko‘y
bilan ulashing
1. eskirgan Koʻcha; yoʻl.
-
Yusufbek hoji, to Eskijoʻvaga yetguncha, oʻzining yuqoridagi soʻzini koʻy, guzar xalqiga takrorlab kelmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. oʻ. ( -p. yoki j. k. shaklida — koʻyiga, koʻyida) Biror narsa dardi, savdosi, harakati.
-
Nimaning koʻyida yuribsiz?
-
Doʻsmat tirikchilik koʻyiga tushdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu uxlaguvchi mening halol rafiqam boʻlib, ikki yildan beri men ham uning koʻyida sargardonman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. biror aniqlovchi soʻz bilan Ahvolda, holatda.
-
Elmurod shu koʻyi yana birmuncha yurgach, toʻxtadi-da, yoʻl chetidagi bir toshga oʻtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Domla Niyoz turgan koʻyi yorliqni oʻqidi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
KO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KO‘Y so‘ziga berilgan ma’nolar
ko‘y so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
ko‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar