buyruq
bilan ulashing
1. Tashkilot, muassasa, korxona, harbiy qism va shu kabilar boshligʻi, rahbarining oʻz tasarrufidagi tashkilot, muassasa, korxona boʻyicha chiqaradigan rasmiy farmoyishi, amri va shunday farmoyish matni yozilgan qogʻoz; rasmiy hujjat.
-
Direktor buyrugʻi. Oliy Bosh Qoʻmondon buyrugʻi. Garnizon boshligʻining buyrugʻi. Ishga tayinlash haqidagi buyruq. Buyruq bilan rasmiylashtirmoq. Buyruqni koʻrinarli joyga osib qoʻymoq. Buyruqqa qoʻl qoʻymoq.
-
Qoʻmondonning buyrugʻi bilan uchta oʻgʻildan bir ekipaj tashkil etilibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Nima desam ekan, qani yuring-chi, buyruqda nima deyilgan ekan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Nusratbek Paygʻomov bilan gangur-gungur suhbatlashib turgan mahalda, kotiba buyruqni olib kirdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Ogʻzaki yoki yozma topshiriq, amr, farmon.
-
To esini tanigandan boshlab buyruqlariga soʻzsiz boʻysunib kelgan Gulnor, hech nima oʻylamasdan, oʻrnidan turdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Moʻminning ovozidagi qatʼiyat, buyruq Laylini boʻshashtirdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Shu asnoda kotiba shofyorga raisning buyrugʻini aytdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
buyruq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Buyruq mayli
-
Buyruq maylidagi feʼllar tinglovchi tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish-harakatni anglatadi. Oʻzbek tili darsligi
BUYRUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЙРУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buyruq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar