buyrak
bilan ulashing
1. anat. Odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi, loviya shaklidagi juft aʼzo.
-
Oʻng buyrak. Chap buyrak. Buyrak toshi.
-
Buy-rak loviya shaklida boʻlib, botiq tomoni gavdaning oʻrta chizigʻiga qaragan. Anatomiya
-
Baʼzan tepki kasalligida sut bezi, oshqozon osti bezi, qalqonsimon bez, buyrak osti bezlari ham jarohatlanadi. Saodat
2. Baʼzi hayvonlarning shunday aʼzosini pishirib tayyorlangan taom nomi.
-
Qovurilgan buyrak.
-
Toshxol bugʻlanib turgan oʻpka, jigar, buyrak, qorinlarni pichoq bilan non ustiga olib qoʻygach, barmoqlariga puf-puf-lab, toʻgʻray boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
BUYRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЙРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buyrak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar