qayir
bilan ulashing
1. Bukib qavatlamoq, bukib qavatlab qoʻymoq, qaytarmoq.
-
Gilamni qayirib qoʻymoq. Dasturxonning chetini qayirib bosmoq.
-
Etigi loy boʻlganidan, Yoʻlchi tanchaga oʻtirmay, namatning uchini qayirib, pastroqqa choʻkkaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yenglari shimarilgan Komiljon, etagining peshini qayirib olgan Davronov eng oldinda borardi. I. Rahim, Ixlos
2. Egmoq, bukmoq, egib, bukib qiyshaytirmoq.
-
Mixni qayirmoq. Daraxtning shoxini qayirmoq.
-
Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin boʻlib muzladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Gʻulomjon koʻrdi-yu, sharpa vahimini ham unutib, shoxlarni ikki yonga qayirdi-da, orasidan suqildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Egib, bukib yoki burib, biror tomonga qaytarmoq yoki sindirmoq.
-
Qoʻllarini qayirmoq.
-
Joʻxorini amakimning oʻgʻli uchdan birga qayirib, uqalab keltirib berdi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
4. Burmoq, burib biror tomonga yoʻllamoq, boshlamoq, yangi izga solmoq.
-
[Ochil aka:] — Bu hazil gapmi? —dedi-da, brigadasi tomon otining boshini qayirdi. A. Hayitmetov, Poʻlat barmoqlar
-
Oqboʻraning yarmini emas, toʻrtdan birini qayirib kelganimizdayam, qishlogʻimiz — koʻl, oʻzimiz — oʻrdak boʻlardik-ku! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. koʻchma Yomon yoʻldan qaytarmoq; oʻz yoʻliga solmoq.
-
Hoy, kalla Er deganni xotin qayirib olishi kerak. Hozir qayirib olma-sang, keyin holingga maymunlar yigʻlaydi. A. Qahhor, Tobutdan tovush
-
Baʼzi bir amal egalarining ogʻzini moylar, agar rayondan chiqqan birortasini shunday siylay olsa, Qayirdim, bu endi oʻzimizning odam, deb koʻp taltayar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. Qaytarib olmoq, olib, ushlab, chegirib qolmoq.
-
Qarzimni qayirib qoldi.
-
Bular [kosibbachchalar] choyga, nonga, oʻtinga, tuz-qalampirga ortiqcha pul toʻlab ketar edilar. Albatta, men ularni oʻz choʻntagimga qayirib qolar edim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
qayir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shoxini qayirmoq (yoki sindirmoq)
-
[Muattar:] Bir yalangoyoq Poʻlatning shoxini qayirolmagan yigit osmondagi yulduzga qoʻl choʻzsa, qiziq boʻlar ekan. N. Safarov, Sharq tongi
Qayirib tashlamoq
-
— Bechora bolalarni issiq inlaridan quvib chiqarganlaring ham yetar, taxtada nima gunoh! Yoqma! —
-
dedi Gʻulomjon. Lekin qozi uni qayirib tashladi: — Ogʻzingni yum, betavfiq! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Qanotini qayirmoq
QAYIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar