boshdan-oyoq
bilan ulashing
1. ravish Boshidan to oyogʻigacha.
-
Yoʻlda keta turib, Botirali Eʼzozxonga boshdan-oyoq razm soldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Dildorga boshdan-oyoq nazar tashlab oldi-da, indamay yurib oʻtib ketdi. S. Ahmad, Ufq
-
Ayol zotining boshdan-oyogʻi zarga oʻralgani bilan, oʻzi yomon boʻlsa, kimga keragi bor. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Boshidan to oxirigacha; tugal, batamom; batafsil.
-
Bashorat voqeani boshdan-oyoq aytib berdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Shoshmang, boshdan-oyoq gapirmasam, ishon-maysiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Saroy mast uyquda, boshdan-oyoq mayin ipak gilamlar toʻshalgan uzun yoʻlak kimsasiz edi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
-
Yerning boshdan-oyogʻiga ekib piyoz, Tepasiga chayla qurib, kutibdir yoz. Gʻ, Gʻulom
boshdan-oyoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshdan-oyoq kiyim (yoki sarpo)
-
Mariyaga darrov boshdan-oyoq kiyim kiydiradilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xullas, yanga zoʻr kelib, kamarni yecha bilsa, kuyov taraf yengilgan boʻladi. Yangaga boshdan-oyoq sarpo kiygizadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
BOSHDAN-OYOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШДАН-ОЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshdan-oyoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar