boshla
bilan ulashing
1. Biror ishga kirishmoq.
-
U qoʻllarini orqasiga qovushtirib, oʻng yelkasini picha oldinga chiqarib turib gap boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gulandom choydan bir hoʻplab, yana oʻz hikoyasini boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gulsin oʻzining qoʻngʻiroqdek tovushi bilan Yigʻlarman kuyidan boshladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yoʻl koʻrsatib, yetaklab, bosh boʻlib bormoq; tortmoq, olib ketmoq.
-
Yaxshi bilan oshna boʻlsang, yaxshi yoʻlga boshlaydi. Maqol
-
Boshliq boʻlish oson, Boshlamoq qiyin. Maqol
-
Norqoʻzi muxbirlarni shiypon yonidagi tolzorga boshladi. H. Gʻulom, Feruza
-
Aql va vijdon qaysi yoʻlga boshlasa, oʻsha yoʻlga kiraman. Oybek, Nur qidirib
-
Xayol uni yana urush frontlariga boshladi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. -i(b) Affiksli ravishdosh shaklida qoʻshma feʼllar tarkibiga kiradi, masalan
-
bosh-lab bormoq, boshlab kelmoq.
-
Yigitcha uni loyi atala boʻlib yotgan bir koʻchaga boshlab kirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gʻavvos Meʼmorni oʻsha shinam xona sari boshlab bordi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. -a -y Affiksli ravishdoshlar bilan ifodalangan ish-harakatning boshlanganligini yoki unga kirishilganligini bildiradi, masalan
-
toʻkila boshlamoq, qariy boshlamoq. Shabada esa boshladi.
-
Tavhidiy daftarchani ochdi va qadamini sekinlatib, oʻqiy boshladi. A. Qahhor, Asarlar
-
Oybodoq keta boshlagan edi, Otabek uni toʻxtatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Maxs. Boshliq solmoq, yangi boshliq solib tiklamoq (etik, mahsi va shu kabilarni).
-
Men eski etigimni boshlatib oldim.
BOSHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar