mum
bilan ulashing
1. Hayvon yoki oʻsimlik mahsuloti boʻlgan yogʻsimon modda, asosan, yuqori yogʻ kislotalarning murakkab efirlari va yuqori molekulyar spirtlardan iborat.
2. Asalari oʻzi ishlab chiqarib, oʻziga uya quradigan saqichsimon yumshoq modda; oʻsimlik yoki hayvondan olinadigan shunga oʻxshash moddalar.
-
Oʻsimlik mumi. Sunʼiy mum.
-
Asalarilar asal, mum, yelimdan tashqari, oʻz organizmida zahar ham ishlab chiqaradi. Fan va turmush
-
Shariat Gʻiyos doʻzaxilarga oʻxshaganlar qoʻlida har qanaqa shaklga kiraveradigan yumshoq mum. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mum shamli qandilday quruq lablari, Bir qator qiz ketar, yelkada obkash. Gʻ. Gʻulom
mum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mum tishlamoq
-
Alimjonning yuragi tez-tez urib, badani qizishdi. Nahot men mum tishlab oʻtirsam degan fikr uning xayolidan oʻtdi. Q. Rahimov, Oʻz kasbini sevgan yigit
-
Qozikalon kahrabo tasbehini oʻgirgancha, mum tishlab oʻtirgan edi. S. Siyoyev, Avaz
Oq mum
Qora mum
MUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar