mulzam
bilan ulashing
Munozara, bahs, tortishuv va shu kabilarda yengilib yoki biror ishi, xatti-harakati uchun lol, uyatli, xijolatli holatda qolgan.
-
Soli otaning baʼzi tengqurlari, mashina haqida qalay fikrga keldingiz, deyishsa, chol oʻzini ancha mulzam sezib, boshini quyi egardi. S. Abduqahhor, Oltin vodiylarni kezganda
-
Men ham maʼyus va mulzam holda, gunohkor boladay, ichkariga kirib bordim. Mushtum
mulzam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mulzam boʻlmoq
-
Boyagiday mulzam boʻlib qolishdan choʻchib, oʻzini tutdi. M. Mansurov, Yombi
-
Bosh injener mulzam boʻlib, gʻuldurashga ham holi kelmay qoldi. Mushtum
Mulzam qilmoq
-
Gʻanijon qayerga borsa, samovarda ham xuddi shu toʻgʻrida gapirib, uni mulzam qilishadi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
MULZAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЛЗАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mulzam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar