mulozim
bilan ulashing
1. tarixiy Hokimlarning, amaldorlarning huzurida ularning xizmatida boʻlgan kishi.
-
Rais afandi mulozimlariga darra koʻtartirib, namozsizlarni tekshirar, farzi aynni bilmaganlarni urdirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eng keyingi izvoshda ikki mulozim bilan Abduvahob joʻnadi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. Saroy, mahkama xizmatchisi.
-
— Qozixonadan bir mulozim kelibdir. Polvonda ishim bor deydi, — deb dahlizdan kirgan bola Oʻrmon polvonning soʻzini kesdi. S. Ayniy, Qullar
3. eskirgan Xodim, xizmatchi.
-
Muzey mulozimi bizga ajoyib bir kashfiyotni — Hindistonning jugʻrofiy xaritasini koʻrsatdi. 3. Akramov, Hindiston lavhalari
MULOZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЛОЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mulozim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar