tiqilinch
bilan ulashing
1. ot Odam, mashina va shu kabilar bilan tirband; yurish, harakatlanish qiyin holat; shunday holatli joy; shunday holatdagi odam yoki narsalar toʻdasi.
-
Yoʻlchi Doʻppi bozordan aravani zoʻrgʻa olib oʻtdi: bu yerda zoʻr tiqilinch, koʻpchiligi xotinlar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tramvay narigi bekatda toʻxtaganda, tiqilinchda urilib-surilib, men tushgan vagonga kutilmaganda Sanobar chiqib keldi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
2. Shunday tirband, yurish, harakatlanish qiyin boʻlgan (qiyin holatli).
-
Oynisa vokzal maydoni yaqinida tiqilinch tramvaydan hammadan keyin tushdi H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Hamadon shahri xuddi bezovta qilingan arining inidek gʻuvullaydi. Koʻchalar tiqilinch. M. Osim, Ibn Sino qissasi
3. Tezlik bilan bajarilishi lozim boʻlgan; shoshilinch, oshigʻich.
-
Tiqilinch ish.
-
Boradigan joyingizga kech qoladigan boʻldingiz-da, meniki judayam tiqilinch emas edi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
4. Bajarilishi lozim boʻlgan ish koʻp (tiqilgan), vaqt esa ziq.
-
Shukur betoqat boʻlib, ensiz peshonasini tirishtirdi. Shu tiqilinch paytda Shukurning miyasiga bir fikr kelib qoldi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
-
Kunduzi Zinnat buvi terimchilarga ovqat pishirgani ketadigan vaqtda, ishlarim tiqilinch boʻlishiga qaramay, men uyga yetib keldim. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
tiqilinch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tiqilinch qilmoq
-
Munisxon tiqilinch qilmaganda, ular koʻchib ketishmasdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Yuzboshiga aytib qoʻying, Haydarvoy, ishla, ha boʻl, deb bizga koʻp tiqilinch qilavermasin. M. Osim, Tilsiz guvoh
TIQILINCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҚИЛИНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiqilinch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar