tiq
bilan ulashing
1. Bir narsani boshqasiga sanchib, suqib kiritmoq.
-
Bigiz tiqmoq. Xanjar tiqmoq.
-
Yerda ham xosiyat koʻp Yerga choʻpni tiqib quysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hammaning koʻz oldida koʻksiga pichoq tiqib, chuqurga tashlangan aka-ukalar turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Eshak: — Bu qirq yilni nima qilib oʻtkazaman? — degan ekan, xudo: Odamlar ustingga yuk ortadi, oʻzi ham minadi, xalachoʻp tiqadi, — debdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Teshik, ochiq, boʻsh joyga kiritmoq, yubormoq.
-
Burniga barmogʻini tiqmoq.
-
Boyvachcha kavakchadan choʻp tiqib, zanjirni tushirdi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qurbon ota samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Nimchasi choʻntagiga qoʻl tiqib, roʻmolchasini oldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
U uy oldiga kelib toʻxtadi. Derazadan boshini tiqdi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
3. Ichiga, orasiga olmoq (solmoq); joylamoq.
-
Qopga somon tiqmoq.
-
Oling, mollarni sandigʻingizga, pulni choʻntagingizga tiqing Mushtum
-
Mirhomidxoʻja shoshib, Qambarali akaning qoʻlidan pulni oldi-da, uning qoʻyniga tiqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. E. Raimov, Ajab qishloq
4. koʻchma S. t. Biror oʻqish, ish yoki lavozimga zoʻrma-zoʻraki joylab, oʻrnashtirib qoʻymoq, tiqishtirmoq.
-
Komissiya tarkibiga yana seni tiqibdilar-da.
-
[Suxsurov:] Meni butun urush davrida oʻqituvchilikka tiqib qoʻyishdi. A. Qahhor, Tobutdan tovush
5. Birovni biror ish, gap yoki davraga qoʻshmoq, aralashtirmoq, tortmoq.
-
Otabek sachrab, Kumushga yuz oʻgirdi: — Bu oʻrtaga Zaynabni keltirib nimaga tiqasiz endi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh tiqmoq
-
Kampir enam qiz qidira-qidira, tinkasi quridi. Qaysi eshikka bosh tiqsa, soʻrasharmish: — Savdogarmi, bogʻi bormi, uy-joyi bormi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mehmon ikki kun ichida shahar rasta-bozorlarini aylandi, saroylarga bosh tiqdi. A. Hakimov, Ilon izidan
-
Qizlar u koʻchaga bosh tiqib, bu koʻchaga bosh tiqib, adashib ancha yurishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Burnini (yoki tumshugʻini) tiqmoq
-
Nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi? Xizmatkor kerak boʻlsa, eri topsin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sen mening ishimga tumshugʻingni tiqma! H. Ahmar, Kim haq?
-
U, ellikboshi boʻlgani uchun, maʼrakalarga burnini tiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Goʻrga tiqmoq
-
Biz fashistlarni goʻrga tiqamiz. Oydin, Hikoyalar
Ikki barmogʻini (yoki qoʻlini) burniga tiqib qolmoq
-
Bizning shartimiz shuki, suv chiqarilib, qaqir yerlarga jon kiritilganda, yersiz va kam yerli kambagʻallar ikki barmogʻini burniga tiqib qolmasin! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ikki oyogʻini bir etikka tiqmoq
-
— Yo bino top, yo bizning javobimizni ber, — deb ikki oyoqlarini bir etikka tiqib turib olishdi. Y. Shamsharov, Qahramonlik yoʻli
Ikki qoʻlni (yoki besh panjani) ogʻziga tiqmoq
Terisiga somon tiqmoq
-
Yaxshiyamki, boyagi gaplaringizni oʻgʻlim eshitmadi, yoʻqsa, teringizga somon tiqqan boʻlar edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
TIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar