tipirchila
bilan ulashing
1. aynan Tipirlamoq.
-
Nozik, rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar, guldor qanotlarini shishaga urib tipirchilar, gilamga yengil-gina qulab, tinar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Adolat tipirchilab, uning [Usmonjonning] qoʻlidan chiqdi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Suvonjonning qoʻynida yotgan uloq endi tipirchilamay qoʻydi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Nima qilishni bilmay qolmoq, oʻzini yoʻqotib, gangib qolmoq.
-
Mohidil uning [Latifjonning] kelishini kutmagan boʻlsa kerakki, juda tipirchilab qoldi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Sholining aravaga ortilishini eshitgan boy tipirchilab qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Juda shoshgan (shoshilgan) holda biror narsa harakatiga tushmoq.
-
Bir zum oʻtar-oʻtmas xalat kiygan doktorlar tipirchilab qolishdi. X. Toʻxtaboyev, Sariq devni minib
-
Olti oygacha tashvishlanmay yurib, endi tipirchilaysizmi?! Mushtum
TIPIRCHILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИПИРЧИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tipirchila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar