egalla
bilan ulashing
1. Ega boʻlmoq, oʻziniki qilib olmoq.
-
Uydagi asl buyumlarni oʻzi egallab oladi, biz unda nima qilamiz? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ha, mugʻambir, menga yomon koʻrsatib, oʻzing egallab olmoqchisan shekilli. Guldasta
-
Ish bitib, eshak loydan oʻtgandan keyin zoʻravonlar chiqib, yerlarni egallab oladigan boʻlsa, buning oqibati yomon boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Biror joy, sath va shu kabilarni band etmoq, unda joylashmoq, oʻrnashmoq.
-
Minbarni yuqori kurs studentlari egalladi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Xon boshliq arkoni davlat, din peshvolari taxtiravonni egallashdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
3. Biror sath, yuzani qoplamoq.
-
Butun ayvonning boʻy-enini egallaydigan gilam ustidagi pastak stol odatdagidek bezatib qoʻyilgan Oʻ.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Goʻyo xotini oʻlmaganday, qop-qora qalin sochlari butun yostiqni egallagancha hamon yonida yotganday tuyuldi Kamoliddinga. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Roʻparadagi ikki qavatli uyning soyasi hovlining yarmini egallab olibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Qamramoq, qamrab olmoq, chulgʻamoq, qoplab olmoq.
-
Yodgorning butun vujudini horgʻin, mudroq bir kayfiyat egalladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Saodatxonning yuzidagi jiddiylik oʻrnini gʻalati, kinoyaga oʻxshash tabassum egalladi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Kechagi izgʻirin shamol oʻrnini toʻsatdan iliq mayin shabada egalladi Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
5. Zabt etmoq, ishgʻol qilmoq.
-
Vzvodga jang bilan muhim tepalikni egallash vazifasi topshirildi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Hamma yuksak marrani tezroq egallash ishtiyoqida mehnat qilmoqda. Gazetadan
6. koʻchma Bilib, oʻrganib olmoq; oʻzlashtirmoq.
-
Bu yillar mobaynida u paxtachilikning sir-asrorlarini puxta egalladi. Gazetadan
-
Dars berish, leksiya paytida auditoriyaga jon kiritib yuborish sanʼatini egalladi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Bolalar toʻgaraklarda ishtirok etib, dam olish bilan birga, kasb-hunar egallamoqdalar. Gazetadan
7. Biron oʻrin, daraja va shu kabilarni qoʻlga kiritmoq.
-
Musobaqada figurachilarimiz beshta sovrinli oʻrinni egallashdi. Gazetadan
8. Biron daraja, mavqe, oʻrinda boʻlmoq, turmoq.
-
Maʼnaviy kamolot bosqichlari ichida xushmuomalalik, shirinsuxanlik asosiy oʻrinni egallaydi. Saodat
-
Oʻtmishdagi sanʼatkorlar ichida qiziqchilar alohida oʻrin egallab kelganlar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
EGALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar