gaplash
bilan ulashing
1. Suhbatlashmoq; soʻzlashmoq.
-
Nega odamlar shivirlashib gaplashyapti? S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Dilora dugonasi bilan uzoq gaplashmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. koʻchma. Oʻzaro kelishmoq, bitishmoq.
-
— Shagʻal gaplashib qoʻyuvdim, Quryoz aka, — dedim rostiga koʻchib. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Temirni gaplashib qoʻydim. Erta sahar shu yerdan olib ketamiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Muhokama qilmoq, kengashmoq.
-
Undan keyin soat toʻqqizga butun kolxozchilarni yigʻish kerak. Gazetani oʻqiymiz, hamma gapni ochiqchasiga gaplashamiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Men tegishli joyda gaplashaman, — dedi Nizomiddinov qogʻozlarini yigʻishtirayotib, — men ochdim bu ishlarni, men fosh qildim. A. Qahhor, Munofiq
4. Oʻzaro munosabatlarni oydinlashtirmoq; orani ochiq qilmoq; adabini bermoq.
-
— Payti keladi sen bilan gaplashishning, dedi-da, nari ketdi. M. Hazratqulov. Jurʼat.
-
— Shoshma, dadang yoʻqligida san oʻlgur bilan gaplashib olay, yurak-bagʻrimni zaharlading! — oʻrnidan turib, ildamlik bilan qoʻrgʻon eshigini zanjirladi Gulsumbibi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Otasiman, uning topgani meniki, qani, bitta sholini u yoq-bu yoq qilib koʻr-chi, gaplashib qoʻyaman. S. Ahmad, Ufq
GAPLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАПЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gaplash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar