burch
bilan ulashing
Ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa; majburiyat.
-
Vatanparvarlik burchi. Vijdon burchi. Xizmat burchi. Harbiy burch.
-
Onalik — xotin-qizlarning eng muqaddas burchi deb qaraladi. Saodat
-
Yerli xalq tilini bilish oʻsha yashash joyini inʼom etgan mahalliy xalqqa nisbatan insoniy burch va hurmat hamdir. Saodat
1. aynan Burchak 2, 3.
-
Kazarma qorongʻi, uning bir burchida kichkina chiroq miltillar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Shiyponning narigi burchida esa Qobul Komilovich soqolini qirtishlash bilan ovora. J. Abdullaxonov, Xonadon
2. Chekka, chet.
-
Oshiq-maʼshuqlarga dunyoning narigi burchi ham bir, ogʻayni. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oldingi tishlari tushganidan, labining ikki burchi kirib, yuzining burushiqlari bilan tutashib ketgan. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bu Sharq kichik emas, burchdan burchiga Arang yarim kunda yetadi quyosh. Gʻ, Gʻulom
-
Biz toʻqigan roʻmolning Gullari bor burchida. Qoʻshiqlar
BURCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar