burchak
bilan ulashing
1. mat. Bir nuqtada kesishgan ikki chiziq (yoki nur) hosil qiladigan oraliq, tekislik; shunday tekislik turli hodisalar oʻlchovi sifatida.
-
Burchak darajalar bilan oʻlchanadi. Toʻgʻri burchak. Oʻtmas burchak. Oʻtkir burchak. Burchak boshi. Moʻljalga olish burchagi. Kemaning kursdan ogʻish burchagi. Nurning tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
2. Narsalarning tomonlari, qirralari kesishgan joy; burch.
-
Daftarning burchagi. Stolning burchagi.
-
Toʻrt burchagiga koʻk, binafsha, shaftolirang ipaklar bilan gullar tikilgan. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Xona, bino, hovli va shu kabilarning ichki devorlari tutashgan joyi va uning atrofi.
-
Hovlining burchagi. Ayvonning burchagi. Qoʻrgʻonning burchagi.
-
U koʻzlarini burchakka tikkanicha, qimirlamay oʻtirardi. S. Zunnunova, Olov
-
Men hujraning burchagida turgan qanordagi somon ustiga chiqib, dong qotib uxlab qolibman. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar
-
Kampirning amr-u farmoni bilan uyning yetti burchagiga yetti sham yoqildi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. Koʻchalar, yoʻllarning kesishgan joyi; muyulish, muyush.
-
Bizniki mana shu burchakdagi eshik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Chekka, chekka yer, taraf, tomon; ovloq, pana joy.
-
Dunyoning u burchagiga borishga roziman. S. Ahmad, Ufq
-
Togʻning har burchagi va yonbagʻridan aks sado kelib, darani larzaga keltirdi. S. Ayniy, Doxunda
-
Har zumda dunyoning burchaklariga Xabarlar joʻnaydi qator va qator. A. Oripov, Yillar armoni
-
Hasanni Safarqul bir burchakka olib borib, nima xususidadir u bilan gaplasha boshlaganida, Qutbiya uchun tinch nafas olishga, ozod gapirishga fursat topildi. S. Ayniy, Qullar
-
Shu chogʻgacha qaysi burchakda mogʻor bosib yotgan edingiz? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Sanoq sonlarga qoʻshilib, qoʻshma soʻzlar yasaydi, masalan,
-
Uchburchak, toʻrtburchak, beshburchak.
BURCHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burchak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar