buta
bilan ulashing
1. Daraxtning keraksiz shox-shabbalarini kesmoq.
-
Butamasang —meva oz, Butasang — yeysan qish-u yoz. Maqol
-
Sidiqjon shitob bilan daraxt butar ekan, Kanizakni izlab, atrofga koʻz tashladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Nurxon narvonga minib, tut butamoqda. O. Yoqubov, Larza
2. koʻchma Kesmoq, oʻldirmoq.
-
Boy katta boshini kichik qilib chiqqanda, oʻylab oʻtirmasdan, qoʻlidagi daskalla bilan shartta oʻsha boshni butab tashlabdi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Togʻay uning basharasiga tikilib turarkan, koʻnglida shu istakni tuydi: qani endi bu surbetni butab tashlasa Yoshlik
3. Kiyintirmoq, ustini but qilmoq.
-
Ikki-uch kun ichida usti-boshini aytganingizdek butab qoʻyaman. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
son-sanoqda yoʻq kishilarga yil oʻn ikki oy ovqat yedirib, ust-boshini butab, kiyim-kechak beramiz M. Oʻrinxoʻjayev, Unutilmas kunlar
BUTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar