but
bilan ulashing
1. Toʻliq, hech qanday kamchiligi yoʻq; bekam-u koʻst; yetarli; taʼmin etilgan.
-
Ust-boshim but, qornim toʻq, qaygʻum yoʻq. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Berdiboyning oʻz hunarlariga tegishli boʻlgan hamma asboblari but. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
-
Qorning toʻq, usting but, noshukurchiliging boshingni yeydi. Yoshlik
-
Qush qanotsiz ucholmaganidek, mashina ham yoqilgʻisiz yoki biror qismi but boʻlmasa, bir qadam ham siljiy olmaydi. Mushtum
2. Sinmagan, butun, shikastlanmagan, sogʻ.
-
Soʻng qoʻl-oyoqlarini harakatlantirib koʻrdi. Shukur, aʼzoyi badani zirqirab ogʻrib tursa ham, suyaklari butga oʻxshaydi. Yoshlik
but soʻzi qatnashgan jumlalar:
Imoni but
-
Tilagim: yoshlar aslo zavol topmasinlar, imonlari doimo but boʻlsin. M. M. Doʻst, Lolazor
Koʻngli (yoki bagʻri) but
-
Nazar akam yetim oʻsmagan, bagʻri but odam, lekin shunday boʻlsa-da, negadir unga rahmim keladi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Toki uning [Muhsinning] koʻngli but boʻlsin, umr daftariga dogʻ tushmasin M. M. Doʻst, Lolazor
Noni but
-
Noni but kishining soʻzi ham burro. Gʻ, Gʻulom
But qilmoq
-
Kosa sindi. Endi uni but qilib boʻlmaydi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
[Saidxon] Ikki parchani bir-biriga ulab, but qilib koʻrdi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka
Toʻrt (yoki chor) ishkal but
1. so‘zlashuv tili Ikki oyoq orasi; chot.
-
Olaqargʻaga yetaman deb, chumchuqning buti yirilibdi. Maqol
-
— Tezroq yuravering, Isomov, butingiz yirilmaydi, — dedi Zumrad. Ayollar gurullab kuldi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Oyim chelakni butiga qistirgancha, zirillab turgan yelinga yana qoʻl choʻzdi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. sheva Oyoq, put.
-
Nabi Farhodning qoʻl-oyogʻiga bogʻlagan oddiy kishanni yechdi va boʻgʻovli kishanlardan birini olib, uning buti va boʻyniga urdi. S. Ayniy, Qullar
-
Zoʻr degan devlar yiqilib qoldi, Ikki buti tovday boʻlib. Malikayi ayyor
1. aynan Sanam.
-
Bu yoʻllar koʻp qadim yoʻllardir, Konfutsiy, shomoniy, islom va budda, But va tasbeh yuklangan karvon. Gʻ, Gʻulom
-
Balki u Buddani butga alishmas, Kosmos moʻjizasin anglamas balki A. Muxtor, Asarlar
2. so‘zlashuv tili Xoch (krest) shaklidagi narsa; xoch, salib.
-
Otryadning oʻliklarini toʻplab, qayinzordagi qabristonni yogʻoch butlar bilan toʻldirib ketishdan boshqa iloji yoʻq edi. I. Rahim, Chin muhabbat
BUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
but so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar