blokada
bilan ulashing
1. harb. Dushman egallab turgan hududning ayrim qismini yoki hammasini qurshab olish, qamal qilish; muhosara.
-
urush yillaridagi uch yillik blokada Leningrad himoyachilarining irodasini sindira olmadi. Gazetadan
2. siyos. iqt. Biror davlatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻyishga, uning boshqa davlatlar bilan aloqasini uzishga, qoʻyilgan talablarni qabul qildirishga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tadbirlar tizimi.
-
Iqtisodiy blokada. Siyosiy blokada.
3. tibbiy Kasallikni davolashning biror aʼzo yoki sistema faoliyatini vaqtincha toʻxtatishdan iborat bir usuli.
-
Yurak kasalliklaridan boʻlgan blokadada tomirning urish soni juda kamayib ketadi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
BLOKADA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЛОКАДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BLOKADA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BLOKADA so‘ziga berilgan ma’nolar
blokada so‘ziga yangi izoh qo‘shing
blokada so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing