blok
bilan ulashing
1. Gardishida zanjir, arqon, tasma oʻrnatiladigan novi boʻlgan, gʻildirak shaklidagi eng sodda yuk koʻtarish mexanizmi, moslamasi.
-
Qoʻzgʻalmas blok. Qoʻzgʻaluvchi blok.
-
Mexanika fanida esa blok, vint, press, parma kabi sodda mexanizmlar atroflicha tahlil qilingan. Fan va turmush
2. Biror narsaning yaxlit bir qismi.
-
Beton blok. Marmar blok. Keramik blok.
3. Binolar va inshootlarda ayrim boʻlma, xona; binoning maʼlum qismi.
-
Tunlarning birida xotinlar blokining orqa tomonidagi simlarni qirqib, bir yuz yetmish ikki kishini toqqa qochirishni moʻljallashadi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Raketa yaratishda ishtirok etgan konstruktorlar nima qilishga aqllari yetmay, oʻz bloklaridan boshlarini chiqarib, boʻysunmayotgan raketadan koʻzlarini uzmas edilar. Gazetadan
4. tex. Mexanizm, inshoot va shu kabilarning bir necha bir xil qismlarini oʻziga biriktirgan yirik qismi.
-
Silindrlar bloki.
5. Biror narsaning bir oʻrami.
-
Bir blok sigaret.
Ayrim davlatlar, partiyalar, tashkilotlar yoki kishilar guruhining biror umumiy maqsad yoʻlida birgalikda harakat qilish uchun doimiy yoki vaqtinchalik tuzilgan ittifoqi; koalitsiya.
-
Harbiy blok. Siyosiy blok.
-
Bu yerda bloklarga qoʻshilmagan davlatlar koordinatsiya byurosining navbatdan tashqari majlisi tugadi. Gazetadan
BLOK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЛОК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
blok so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing