panorama
bilan ulashing
1. Biror joyning uzoq ufqqa qadar koʻrinib turadigan tevarak-atrof manzarasi.
-
— Bu yerdan hamma yoq yaqqol koʻrinadi, — dedi u [Komiljon], yiroq-yiroqlarga quloch yoygan qurilish panoramasini koʻrsatib. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
-
Kechqurun daryodan qaraganda, shaharning goʻzal panoramasi chiroy koʻrsatadi. T. Joʻrayev, Ulugʻ Xitoyda
2. Tasviriy sanʼat turi; aylana shaklli zal devoriga gorizontal qoplab ishlangan, tomoshabinga haqiqiy manzaraday koʻrinadigan juda katta surat.
-
Sevastopol panoramasi.
3. harb. Toʻp, zambarak kabi otish qurollarida: aniq moʻljalga olish uchun xizmat qiladigan optik burchak oʻlchagich asbob.
panorama soʻzi qatnashgan jumlalar:
Panorama(li) kinoteatr
Panorama film
-
Panorama filmni koʻrmoq.
PANORAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАНОРАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
panorama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar