panoh
bilan ulashing
1. Saqlash, asrash, himoya qilish qobiliyati yoki qudratiga ega boʻlgan kimsa, narsa; himoya; homiy.
-
Issiqdan panoh topmoq.
-
Boshiga ogʻir kunlar kelganda, Xoʻjand ahli yana shu eski qalʼaga panoh izlab keldi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Panoh boʻldi bizga bu oʻrmon, Koʻplar bizday asrar bunda jon. X. Saloh, Izlar va hislar
2. koʻchma Himoya, homiylik.
-
Mulla Fazliddin Quvada turgan paytlarida Tohirga xam-savod oʻrgatgan edi. Endi jiyani panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Zaynab qoldi bechora yakka, Kimsa kelmas unga koʻmakka, Pa bir panoh, na bir oshiyon, Na bir gʻamxoʻr, na bir mehribon. H. Olimjon, Zaynab va Omon
-
Barcha ulugʻlarga yalindim, yolvordim, yigʻladim, siqtadim. Mana endi oxirida sizning panohingizga keldim. J. Sharipov, Xorazm
3. koʻchma Himoyachi, yaqin kishi, doʻst.
-
Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda yohu, Uning ham panohi qaytmadi jangdan. Oʻn toʻqqiz yoshida beva qoldi. A. Oripov, Yillar armoni
-
Bahor, qatra yoshim aylagil qabul, Onam boshiga ham bordingmikan, ayt?! Uning oromgohi bundan olis joy, Olisda yotibdi mening panohim. A. Oripov, Yillar armoni
panoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Panoh tortmoq
-
Hech boʻlmasa, biron ishga joylab qoʻying. Men sizga panoh tortib keldim. S. Zunnunova, Gulxan
Pushti panoh
-
— Ey, hikmat ahlining pushti panohi, — deb gap boshladi Ibn Sino taʼzim qilib. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Lekin bu amaldorlar telefonini moʻljalga olib, oyoqyalang yugurib qolardilar, oʻz pushti panohlariga qoʻngʻiroq qilishardi. Gazetadan
-
Uning maqtab tilga oladigan birdan-bir pushti panohi shu Tursunxoʻjaboy edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
PANOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАНОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
PANOH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan PANOH so‘ziga berilgan ma’nolar
panoh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
panoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar