dahshat
bilan ulashing
1. Nihoyat darajadagi qoʻrqinch, xavf, vahima.T
-
un dahshati. Urush dahshati.
-
Dahshatdan yuragim orqaga tortib ketdi. N. Fozilov, Diydor
-
Yodgor dahshatdan qotib qolgan, hech nimaga tushunolmasdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Koʻzlari dahshat bilan chaqnadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa, manzara.
-
— Dahshat! — dedi mehmon, — tuni bilan koʻzimni yummay chiqdim. Mushtum
-
Andijonda boʻlgan voqealar dahshati Tohir qiyofasiga kirib, Boburga tobora yaqinlashib kelmoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Biz bu dahshatlarni birovdan eshitgan emasmiz, oʻz koʻzimiz bilan koʻrganmiz R. Fayziy, Taʼzim
3. Ortiq darajada qoʻrqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga tushgan kishining koʻrinishi, ruhiy holati.
-
Dahshat solmoq. Dahshatga kelmoq (tushmoq).
-
Muqaddam dahshat ichida eshikka yopishdi. Oʻ, Hoshimov
4. Qalbingga quloq sol.
-
Nigoraning hamon qoʻrqinch, dahshat toʻla koʻzlarida minnatdorchilik uchquni yiltiradi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Otabek masalaga tushungandek boʻldi va dahshat ichida Ali bilan yoʻlga tushdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
DAHSHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲШАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dahshat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar