dahshatli
bilan ulashing
1. Qattiq qoʻrquv tugʻdiruvchi, dahshatga soluvchi, oʻta qoʻrqinchli, mudhish.
-
Dahshatli zilzila. Dahshatli fojia.
-
Hammayoqda dahshatli zilzila izlari koʻrinadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gulnorning koʻzlari dahshatli ravishda yonib, yuzi, lablari koʻkimtir tusga kirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Kishini vahimaga soluvchi, vahimali; qoʻrqinchli.
-
Dahshatli xabar. Dahshatli shovqin.
-
Devonxona eshigida dahshatli shovqin, ur-yiqit boshlandi. Oybek, Navoiy
-
Bir lahza dahshatli jimlik hukm surdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Qattiq azob beradigan, chidab boʻlmaydigan.
-
[Yoʻlchi] Butun vujudini zirqiratgan dahshatli ogʻriqdan tishlarini mahkam qisdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ertaga uning ustiga doʻlday yogʻiladigan toshlarning ogʻrigʻi qanchalik dahshatli boʻlarkan? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
DAHSHATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲШАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dahshatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar