dahyak
bilan ulashing
1. tarixiy 1 Qoʻqon va Buxoro xonliklarida dehqonlardan yetishtirilgan hosilning oʻndan bir qismining soliq haqi tariqasida olinishi; ushr.
-
U [buvim] aytardi: — Vaqf dahyagini uylari kuygur amlokdor bilan ijarador ikki baravar qilib oldilar. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasalarning maxsus imtihondan oʻtgan mullavachchalariga beriladigan qismi.
3. Oʻrta Osiyoda: oʻtmishda yer, ulov, urugʻ-lik, ovqat va boshqalar hamma xarajatlarni yer egasi (xoʻjayinlar)dan olib, hosilning oʻndan toʻqqiz hissasini yer egasi, oʻndan bir hissasini oʻzi olish sharti bilan dehqonchilik qilish tartibi.
-
Huv oq yerni qirq yil ekdim dahyakka. Anovi yerga qurib oldim chaylamni. Gʻ. Gʻulom
-
— Endi, — dedi Nazarboy, — berilgan arpaning dahyagi hisobidan mening qopimga bir gʻalvir sol. S. Ayniy, Qullar
DAHYAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲЯК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dahyak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar