baralla
bilan ulashing
1. Aniq, ravshan; yaqqol (biror narsa, harakat yoki holat haqida).
-
Derazadan tushib turgan yorugʻlikda uning keksa koʻzlaridan tirqirab chiqqan koʻz yoshlari baralla yiltirab ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Asalxonning tinch, osuda koʻzlaridan minnatdorchilik tuygʻusi baralla porlab turardi. K. Yashin, Hamza
-
Tun sukunatida otlarning dukuri quloqqa baralla chalinardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Dangal, roʻyirost, ochiqdan-ochiq; dadillik bilan, tortinmasdan, bemalol.
-
Baralla aytmoq.
-
Qiz boʻlib tursang-u, yigit soʻzini Baralla aytolsang oʻz dushmaningga. Yu. Hamdam, Tinchlik bahori
-
.hali oʻzbek ayoli oʻzining insonlik huquqi haqida minbardan turib, baralla gapirgan emas. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Oyimxon sirni baralla ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan muloyim ovoz bilan kuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Matqovul yaktagining yengi bilan koʻzlarini artdi, boshini baralla koʻtardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xotin chachvonini baralla koʻtarib, orqasiga tashladi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
Mufti kelganlar bilan baralla rus tilida gaplashardi. A. Hakimov, Ilon izidan
3. Bor ovoz bilan; ovozining boricha.
-
Davlatyor shu bugun ertalab ot sugʻorgani ketayotib, koʻchadan ashulani baralla qoʻyib oʻtdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xotin turayotib, baralla yigʻlab yubordi. A. Qahhor
-
Popuk baralla chinqirib yuborganidan soʻng, eshikka chiqishga majbur boʻldik. H. Nazir, Yonar daryo
BARALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baralla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar