ichkari
bilan ulashing
1. zid. Xona, hovli, qalʼa va shu kabilarning ichki qismi, ichki tomoni; tashqari.
-
Hamdamforma, maʼlum bir hovlining orqasiga oʻtib, oʻziga tanish boʻlgan bir derazadan ichkariga qaradi. S. Ayniy, Qullar
-
Bironta tanish koʻrinmagach, oʻzi ichkariga kirmoqchi boʻlgan edi, qorovul uni toʻxtatdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Ovoz endi ichkaridan emas, tashqaridan eshitildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Rulda keksaroq kishi oʻtirar, ichkarida uch-toʻrtta ayol bor edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Maʼlum joy, maydon, hudud va shu kabilarning boshlanishdan oʻrta qismi, markaz tomoni: ich qism, ich tomon.
-
Shahar ichkarisi. Mamlakat ichkarisi. Bogʻning ichkarisi.
-
Behisob yoʻllar choʻl ichkarisiga tarmoqlanib ketgan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
— Hoʻ anovi nashvatini qarang, oʻgʻlim, — dedi u, devordan ancha ichkarida mevalarining kungay tomonlari qizarib turgan nashvati daraxtiga imo qilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. etn. Hovlining tashqi hovlidan devor bilan ajratilgan, ayollar ya bolalar turadigan qismi; ichki hovli.
-
Maryamxon oʻn toʻqqiz yoshida, bundan sakkiz-toʻqqiz yil ilgari bu uyga, musulmon ichkarisiga qamalgan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Ich tomonda joylashgan; ichki.
-
Doya kelgandan soʻng, ichkari hovli erkak zotidan tozalandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Saodatxon Latofatni muloyimlik bilan ichkari uyga taklif qildi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Ichkari darvozaning chap yonidan toza koʻray, deb Oqqiz oʻtdi. Erali va Sherali
-
Ichkari hovlida keksa Meʼmor atrofida sizi va xotini shumshayib oʻtirishardi Mirmuhsin, Meʼmor
ICHKARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЧКАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ichkari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar