ardoqla
bilan ulashing
1. Izzat-hurmat, ardoq bilan munosabatda boʻlmoq.
-
el ardoqlagan sanʼatkorlardan biri. Gazetadan
-
Qishloqlarimizning eng izzatli, eng hurmatli, xalqimiz ardoqlab, qoʻlida koʻtarayotgan kishilari mexanizatorlardir. S. Abduqahhor, Oltin vodiylarni kezganda
2. Ehtiyot qilmoq, avaylamoq.
-
Men seni ardoqlab gʻubordan, changdan, Yoʻlingga har kuni suv separmidim!? Shuhrat
-
Umr boʻyi ardoqlagan aziz narsasini yoʻqotgandek edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
ARDOQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРДОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ardoqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar