ichki
bilan ulashing
1. Ich qismda, ichkarida joylashgan; ichkarigi, ichkaridagi.
-
Ichki hovli, Ichki eshik.
-
Oyqiz Olimjondan kelgan xatni nimchasining ichki choʻntagiga yashirdi-da, darrov oʻrnidan turdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. zid. Ich qism (tomon)ga oid; tashqi.
-
Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmogʻi kerak. Gazetadan
-
Binoning ichki pardozi hali uncha bitmagani uchun choyxona hali bu yerga koʻchmagan, bino hozircha klub vazifasini oʻtab turar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Mamlakat, davlat, tashkilot va shu kabilarning oʻz ichida va oʻz ishi bilan bogʻliq boʻlgan.
-
Davlatning ichki ishlari. Ichki imkoniyatlar. Ichki nizolar. Ichki va xalqaro hayotga oid masalalar.
4. Kishining ruhiy dunyosiga, kechinmalariga oid.
-
Uning oqish yuzi ichki kechinmalarini uzluksiz aks ettirardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Kishining ichki hissiyotini yuzidagi oʻzgarishlardan tezda payqab oluvchi Islomxoʻja qizidagi alam-iztirobning izlarini darhol sezdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Aravakashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: — Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, Meʼmor
5. tarixiy (-lar qoʻshimchasi bilan) Temuriylar, boburiylar va shayboniylar saltanatida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qoʻshinlar; hukmdorga yaqin mulozim va beklar.
-
Shayboniyxon koʻshkning yuqorigi qavatida peshin namozini oʻqib boʻlgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali Mirzo bir necha ichkilari bilan qalʼadan xon huzuriga kelganini aytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
ichki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichki aʼzolar
Ichki kasalliklar
Ichki kiyimlar
ICHKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЧКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ichki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar