jahannam
bilan ulashing
1. din. Gunohkorlarning ruhi narigi dunyoda doimiy azobda yashaydigan joy; doʻzax.
-
— Jahannam qaʼriga ketibdi zolim! — deb gap otdi Sodiq temirchi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma Chidab boʻlmaydigan sharoit, azob, ogʻir muhit.
-
Oktyabrning oxiri edi. Kun issiq boʻlsa ham, lekin yoz oylarining jahannamiga nisbatan bu faslning havosi pokistonliklar uchun juda muloyim, hatto salqindek sezilar edi. Oybek, Nur qidirib
-
Nega ona toʻngʻich qizini jahannamga tashlamoqchi? Ostin-ustun boʻlib ketdimi bu dunyo? I. Rahim, Chin muhabbat
-
Gulnor uch kunni jahannam azobida oʻtkazdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. kom qoʻll. Jarlik, jar; tubsiz yer.
-
Nima qilardi deysiz, hamma gap suvda-da. Mana shu jahannamda oqayotgan suvni baland koʻtarib, choʻllarni obod qilmoqchi boʻlgan, deydilar. Oydin, Shirin keldi
jahannam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jahannamga yubormoq
-
Bola uchinchi dev bilan ham olishib, yetti kundan keyin, oxiri jonini jahannamga yuboribdi. Oltin beshik
-
— Pashsha talayaptimi, hozir hammasini jahannamga yuboramiz, qoracham! — pashshalarni ezib davom etdi Joʻra. Oybek, Tanlangan asarlar
JAHANNAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАҲАННАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jahannam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar