jahl
bilan ulashing
1. Nojoʻya xatti-harakatdan, gapdan yoki voqea-hodisadan ranjish, achchiqlanish, gʻazablanish tuygʻusi; gʻazab.
-
Jahl — dushman, aql — doʻst. Maqol
-
Muharrir jahl bilan kalendarini shart-shart varaqladi-da, bitta betini yulib oldi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Ahmadning jahli tez, sal narsaga tutaqib ketadi. F. Musajonov, Himmat
2. aynan Jaholat 1.
-
Maktab anjuman borgʻil, unda fikr ochib gohi, Ilm-u fan tigʻi bilan jahl bagʻrini qon qil. Hamza
jahl soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jahl ustida
-
Jahl ustida ogʻzimdan biror yomon soʻz chiqib ketadi. U vaqtda koʻnglingiz ogʻriydi, qoʻying, ertalarga soʻzlasharmiz. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
U [Yodgor] Charosning onasi jahl ustida shu ishni qilgan boʻlsa kerak, deb oʻylagandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Jahli burni
-
Baʼzi aktiv akamlar Jahli burun uchida. Qoʻshiqlar
-
Jahli burnining uchiga kelib, bosh agronom M. M. Xristenkoni chaqirtirdi. Mushtum
Jahli chiqmoq
-
Hozir jahli chiqib oʻtirgan bu ayol koʻziga juda qadrdon koʻrinib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Mingboshining jahli chiqdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Adolat necha kungacha bu xil hazillarga koʻnikolmadi, gʻashi keldi va hatto jahli chiqib, baʼzi soldatlarga oʻshqirib berdi ham. I. Rahim, Chin muhabbat
Jahlidan tushmoq
-
Juvon uning [Sidiqjonning] oʻtirishini koʻrib, bir oz jahlidan tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
JAHL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАҲЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
JAHL so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingJAHL so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan JAHL so‘ziga berilgan ma’nolar
jahl so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
jahl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar