bo‘tako‘z
bilan ulashing
1. Murakkabgullilar oilasiga mansub, binafsha yoki havorang gulli bir yillik begona oʻt.
-
Uyimiz oldida chuchmomalar oʻsardi. Biz ularni boʻtakoʻz deb terar edik. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Oltinday tovlanib yotgan ariqlar ichida toʻq safsar rangli boʻtakoʻzlar ochilib yotar, ular tungi yulduzlar singari koʻz qisib tovlanardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. koʻchma Tuya bolasining koʻziga oʻxshash chiroyli koʻz; shahlo koʻz va shunday koʻzli kishi.
-
[Fargʻonaning] Qizlari sizga oʻxshagan bodomqovoq, boʻtakoʻz boʻladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oʻlan aytib oʻtirgan boʻtakoʻzim, Bari qizdan yaxshisan yolgʻiz oʻzing. Oq olma, qizil olma
-
Yaxshi ekan sizning olgan qizingiz, Qurli boʻlsin, jezna, boʻtakoʻzingiz! Gulnorpari
3. Boʻtakoʻz (xotin-qizlar ismi).
BO‘TAKO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎТАКЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘TAKO‘Z so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘tako‘z so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘tako‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar