bo‘ston
bilan ulashing
1. Gul bilan qoplangan, gul ekilgan maydon; gullab-yashnagan bogʻ.
-
Mehnat qilinmasa, boʻston qayerda. Gʻ, Gʻulom
-
Togʻlar qopqasini oshib oʻtgan on, Roʻparamda ochildi boʻston. T. Toʻla
-
Xilma-xil gullar xushboʻy hid sochib, boʻstonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib yotar edi. Chal-pak yoqqan kun
2. koʻchma Bogʻ-rogʻli obod yer, yashnagan, gullagan joy.
-
Oʻzbekiston — boʻston.
-
Choʻlni boʻston qilishga keldi sochi sunbullar. Qoʻshiqlar
-
Salom, maktab, hayot boʻstoni, Keldim toʻngʻich oʻgʻlim yetaklab. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
-
Yaxshi kishi choʻlda boʻston yaratar, tikanlikda chin guliston yaratar. Qoʻshiqlar
-
Soqijon, endi qaddim bukildi, Dushmanlarim koʻngli endi boʻstondir. Nurali
3. koʻchma Ogʻush, quchoq; dunyo, olam.
-
Istadim sayr aylamoqni men gʻazal boʻstonida. E. Vohidov, Yoshlik devoni
-
U bir umr maʼshuqasiga intilib, nihoyat, uning vasliga yetgan baxtiyor oshiqday, sheʼriyat boʻstoniga quloch yoyib kirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sof bu ishq boʻstonida raʼnolanibsiz muncha ham. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Endi bolalik boʻstonidan hatlab oʻtib, oʻspirinlik fasliga qadam qoʻygansiz. M. Osim, Karvon yoʻllarida
4. koʻchma Sevgili, yor, rafiqa.
-
Qayda qoldi yor-u doʻstlar, umr boʻstonim qani? Sharq yulduzi
-
Ey hayot, sen meni boʻstonimdan ayirding, quvonchga toʻla sevgimdan ayirding. Gazetadan
BO‘STON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎСТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ston so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar