bo‘sag‘a
bilan ulashing
1. aynan 1 ostona.
-
Yomonning toʻrida yotguncha, Yaxshining boʻsagʻasida yot. Maqol
-
Yomon kuchuk boʻsagʻada hurar. Maqol
-
Ashmat eshik tutqichini ushlab, bir nafas boʻsagʻada turib qoldi. E. Usmonov, Yolqin
-
Boʻri Paygʻamov, eshik ochilib, boʻsagʻada Nusratbek koʻrinishi bilan, yuzlari yashnab, oʻrnidan turib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma Biror hudud, manzilning kirish, boshlanish joyi, ostonasi.
-
Qorabugʻroxon boshliq koʻchmanchilar oʻrdasi hozir Samarqand boʻsagʻasida. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Berlinning boʻsagʻasida turibmiz, deb martda bir xat kelgan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Minglab kichkintoylar maktab boʻsagʻasiga birinchi marta qadam qoʻyadilar. E. Qodirov, Yangi marralar sari
3. koʻchma Biror marosim, muhim sana va shu kabilar arafasi, boshlanish davri.
-
Oʻtgan yil bilan ham xayrlashdik. Yangi yilning qutlugʻ boʻsagʻasiga qadam tashladik. N. Safarov, Olovli izlar
-
U gʻalaba qasrining oltin boʻsagʻasida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Armiya boʻsagʻasida turgan navqiron yigitlarga tilagim — Vatanimizning munosib qalqoni boʻlishsin. Gazetadan
-
Sidiqjon xuddi zoʻr baxtga erishgan yoki oʻshanday baxtning boʻsagʻasida turganday, terisiga sigʻmay eski hayotini eslagisi ham kelmay yurar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
BO‘SAG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎСАҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘sag‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar