bo‘rt
bilan ulashing
1. Amal olmoq; koʻkara boshlamoq; unmoq.
-
Bahor oʻriklar oppoq gulladi, olcha novdalari munchoq-munchoq boʻrtdi. Mirmuhsin, Hikoyalar va qissalar
-
Qor ketdi va zaminda Boʻrtdi ilk giyoh. Yoshlik
2. Koʻtarilib chiqmoq, turtib chiqib turmoq.
-
Sobir akaning chakka tomirlari boʻrtib chiqqan, koʻzlari ichga botgan. J. Sharipov, Xorazm.
-
U umr boʻyi koʻksini berkitmagan, anordek qizgʻish koʻksidagi suyaklar boʻrtib chiqib turardi. Mirmuhsin, Umid
-
boʻyi choʻzilib, koʻkraklari boʻrtib chiqqan goʻzal qiz. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bu tor, tarang kiyimda uning kelishgan qomati yanada boʻrtib turardi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Yongʻoqning yuzaga boʻrtib chiqqan yoʻgʻon ildizi ustida ikki yosh oʻtiribdi. Yoshlik
3. Qizarib shishmoq, andak shishmoq.
-
Saltanatxon koʻchaga chiqqanda, ikki yuzi qizarib, boʻrtib turardi. Mushtum
-
Marziya xola issiqdan yuzlari boʻrtib ketgan nevarasini bagʻriga bosdi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
4. koʻchma Yorqin koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq; uygʻonmoq.
-
Bunda qarindoshchilik munosabatining davr yoʻrigʻiga xos tovlanishlari boʻrtib turadi. OʻTA
-
Choʻkkalab ichaman hovuch-hovuch suv, Dillarda yashamoq ishqi boʻrtadi. Gazetadan
BO‘RT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘rt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BO‘RT so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘rt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar