bo‘ron
bilan ulashing
1. Toʻzon yoki qor-yomgʻir aralash esadigan shiddatli shamol.
-
Buri boʻronda quturar. Maqol
-
Hamma yoqni qum boʻroni qopladi. Omon koʻrinmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Qum boʻroni oʻtov kigizlarini, baliqchilarning toʻrlarini osmonda uchirib yurdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Zargarov toʻxtab, pastga tushdi. Atrof zim-ziyo, boʻron quturib koʻz ochirmasdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
2. koʻchma Toʻxtamasdan yogʻ(il)ayotgan narsa.
-
Toʻplarning oʻq boʻroni avvalgi kuch va gʻazab, qahr bilan samoda hukmron edi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. koʻchma Shiddatli, davomli harakat, oqim; toʻfon.
-
— Xalqning qudratiga, boʻroniga hech qanday togʻ dosh kelolmas! — dedi-da, Sultonmurod chiqib ketdi. Oybek, Navoiy
-
Nahot yovuz boʻron xasdek uchirgay? Qaynar tomirimda otashin qonlar. Guldasta
-
Xalq qoʻshiqchilarni qarsak va qiyqiriq boʻroni bilan olqishladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
4. Ichki, ruhiy kechinmalar gʻalayoni, tugʻyoni.
-
Lekin ichidagi haligi jang boʻroni bir nafas ham tinmadi. Mushtum
-
Mana, oʻzingiz koʻrib turibsiz, shunaqa gaplardan keyin oshiq qalbida boʻron koʻtarilmaydimi? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Qoʻzgʻaling, hey, his-tuygʻular boʻroni, Koʻpdan sizga koʻz tutardim umidvor. Dilshoda, Umidim
-
Bu soʻzlar Yoʻlchining yuragida boʻron yasadi, u totli, zavqli hayajon bilan qaltirardi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Xavf-xatar, dahshat.
-
Tinchlik daraxtini olovlardan, boʻronlardan asrashimiz kerak. Saodat
-
U ne-ne daryolarning toʻlqinlarini oʻlim boʻronlari orasida kechib oʻtmadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Senga na boʻronlar kor qila olur, Seni na yoʻqotib, bor qila olur. A. Oripov, Yillar armoni
6. Koʻchma Balo, ofat, kulfat.
-
Nifoq boʻroni xarob etgan Xorazmni osonlikcha zabt etib, behisob oʻljalar olib kelganidan u xursand. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Ana oʻshanda koʻrasan Xorazmda fitna boʻronining boshlanishini. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Xalqlar boshiga zulm boʻronini yogʻdirgan va ofatlar keltirgan sariq vabo — Gitler mashinasi zil ketdi. N. Safarov, Olovli izlar
7. Boʻron (erkaklar ismi).
BO‘RON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar